Avtomobillarni yuvuvchi o‘zbek yigiti kikboksing bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Sport 18:56 / 15.12.2017 104881

O‘zbekistonlik kikbokschi Sher Mamazulunov TNA talqini bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. U Vityaz Fight jamoasi sharafini himoya qiladi. 

TNA yo‘nalishida jangni olib borishda faqat zarba texnikasi qo‘llaniladi, u karate, muay-tay hamda kikboksing kabi yakkakurash turlaridan ba'zi usullarni o‘ziga qamrab olgan, deb xabar bermoqda «Chempionat».

Qayd etilishicha, sportchi musobaqaning katta qismida mashg‘ulotlarni avtomobil yuvish shoxobchasidagi ishi bilan uyg‘unlashtirgan. Biroq bu sportchiga professional raqiblari ustidan g‘alaba qozonishiga xalaqit qilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: