O‘zbekiston xalqaro turnirda chempion bo‘ldi

Sport 22:43 / 15.12.2017 15039

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uchrashuvda Zabihillo O‘rinboyev 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar bilan boshlandi. Zabihillo O‘rinboyev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyish qildi va Doniyor Narzullayevning ajoyib uzatmasidan so‘ng ikkinchi golini kiritdi.

Ammo o‘yin tugashiga oz fursat qolganda Yaponiya yoshlari yana standart vaziyatdan foydalanishdi, bu safar burchak to‘pidan so‘ng hisob tenglashdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi - 6:5. 

M-150 Cup. FINAL

O‘zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2 (1:1)
Penaltilar bo‘yicha — 6:5
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev (45, 73) – Yuta Kamiya (45+2), Yuta Kamiya (88) 
O‘zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doniyor Narzullayev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Xojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduholiqov, Dostonbek Xamdamov, Zabixillo O‘rinboyev (s)
Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoichi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, Shion Inouye, Ayase Uyeda.

Ko‘proq yangiliklar: