Toshkent islom instituti talabasi Qur'onni 58 kun ichida to‘liq yodladi (video)

Jamiyat 14:25 / 15.12.2017 67739

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining “Tahfizul Qur'on” kafedrasi talabasi Fathulloh Dadayev Qur'oni karimni 58 kun (salkam 2 oy)da yodlay oldi. 

Azon.uz’ning xabar berishicha, Fathulloh qori 2-bosqichda “Tahfizul Qur'on” kafedrasiga o‘tgan. Qur'oni Karimni kafedra ustozi Zafar qori Mahmudov qo‘l ostida 2016-2017 o‘quv yilining avvalgi oylarida tamomlagan. Fathulloh qori Dadayev Qur'oni Karimni yodlashni bir betdan boshlagan bo‘lsa, so‘nggi porada o‘n yetti bet topshirgan.

Hozirgi vaqtda 3-bosqichda ta'lim olayotgan Fathulloh qori kafedra ustozi Ahmadxon qori Rashidovga Qur'on karimni har kuni 3 pora yoddan o‘qib bermoqda. 

“Alloh nasib qilsa shu o‘quv yilining oxirigacha bir martada to‘liq 30 porani yoddan o‘qib berishni niyat qilganman”, – deb aytdi Fathulloh qori.

Qayd etish kerakki, Toshkent islom institutining “Tahfizul Qur'on” kafedrasi Qur'oni Karimni yodlashga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yagona oliy dargoh bo‘lib, “Novza” masjidining imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov kafedra mudiri hisoblanadi.

Tas-IX

YouTube

Ko‘proq yangiliklar: