TATUda masofaviy ta'lim imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin

Fan-texnika 18:48 / 15.12.2017 7591

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida innovatsion ta'limiy muhitni rivojlantirish bo‘yicha oliygoh tarkibida masofaviy ta'lim imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati bergan xabar mazmunida shunday deyiladi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA​ mutaxassislari ishtirok etdilar.

KOICA​ mutaxassislari universitetda bo‘lib, tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan «AKT orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining innovatsion ta'limiy muhitini rivojlantirish» loyihasini yaqindan o‘rganishdi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikkala tomon axborot texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida takliflarini bildirdi. Qayd etilganidek, TATU va KOICA​ o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistonda jahon standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: