Putin va Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

Jahon 09:10 / 15.12.2017 26763

AQSh va Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Donald Tramp telefon orqali o‘tkazilgan o‘zaro muloqot davomida “Shimoliy Koreyadagi xavfli vaziyatni” muhokama qilishdi, deyiladi Tramp matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida.

"Prezidentlar shuningdek Shimoliy Koreyadagi juda xavfli vaziyatni hal etish bo‘yicha qo‘shma ishlarni muhokama qilishdi", - deya ma'lum qilgan Sanders, biroq u tafsilotlarni ochiqlamadi.

Qayd etilishicha, Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga AQShning iqtisodiy muvaffaqiyatlarini tan olgani uchun minnatdorlik bildirgan. 

Putin payshanba kuni har yilgi matbuot anjumani vaqtida Tramp davrida “ba'zi ancha jiddiy yutuqlar obektiv ko‘rilayotgani, bu hattoki u ishlayotgan o‘ta qisqa vaqt ichida ham ro‘y berdi”, deya ma'lum qildi. Bu, Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, sarmoyadorlarning Amerika iqtisodiyotiga ishonchidan dalolat beradi.

"Prezident Tramp prezident Putinga har yilgi matbuot anjumani vaqtida Amerika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tan olgani uchun minnatdorchilik izhor etdi", - deya xabar berdi Sanders. U Putinning aynan qaysi so‘zlari nazarda tutilayotganiga oydinlik kiritmagan.

Ikki davlat yetakchisi o‘zaro telefon muloqoti davomida ikki tomonlama munosabatlar hamda inqirozli nuqtalardagi vaziyatni muhokama etishgan.

Sandersning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari “Shimoliy Koreyadagi juda xavfli vaziyatga yechim topish bo‘yicha o‘zaro ishlarni muhokama etishdi”.

Kreml matbuot xizmatining qayd etishicha, muloqot Amerika tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

"Ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, shuningdek Koreya yarim oroli yadro muammosiga yechim topish bo‘yicha inqirozli nuqtalardagi vaziyat ham tilga olindi", - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: