Niderlandiyada pichoq bilan hujumlar ro‘y berdi, suriyalik qochqinlar qurbonga aylandi

Jahon 08:15 / 15.12.2017 5545

Niderlandiya janubi-sharqidagi Maastrixt shahrida pichoq bilan qurollangan shaxslar tomonidan hujumlar amalga oshirildi, bir necha kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar bor. Bu haqda Algemeen Dagblad gazetasi xabar bermoqda.

Limburg viloyati huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lum qilishicha, hujum natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki nafar inson jarohatlandi.

Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlar ikki nafar halok bo‘lgan insonning jasadidan bir necha yuz metr masofada topilgan. Mahalliy fuqarolar va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir erkak va bir ayol kishi halok bo‘lgan. Ular suriyalik qochqinlar ekani aytilmoqda. Jinoyatchi ham Suriyadan bo‘lgan.

Politsiya esa hozircha bu ikki hodisa bir-biriga bog‘liq ekanini tasdiqlay olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: