Yilning eng ko‘p daromad keltirgan aktyori ma'lum qilindi 

Jahon 23:32 / 15.12.2017 20259

Forbes jurnali 2017 yilning eng ko‘p daromad keltirgan aktyorlari ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat 15 dekabrda chop etildi.

Ro‘yxatning yetakchisi amerikalik aktyor Jyeremi Renner bo‘ldi. Kinostudiyalar unga to‘langan har bir dollardan prokatda 93 dollar foyda olishgan.

2-o‘rinni yosh sehrgar Garri Potter haqidagi filmlar yulduzi Emma Uotson egalladi. Unga to‘langan har bir dollar 70 dollar foyda keltirgan. 

Yetakchi uchlikni Skarlett Yoxansson yakunlagan. Unga to‘langan har bir dollar 66,5 dollar foyda bo‘lib qaytgan. Reytingga, shuningdek, Emi Adams va Kris Prett ham kiritilgan.

Aytish joizki, reytingni tuzishda faqatgina 1 iyungacha chiqqan filmlar hisobga olingan. Aktyorlar ovoz bergan animatsion va epizodik rollar ijro etgan badiiy filmlar hisobga olinmagan. 

Avvalroq Forbes haddan yuqori baholab yuborilgan aktyorlar reytingini tuzgandi. Reytingning 1-o‘rniga Mark Uolberg loyiq topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: