Isroil harbiylari o‘t purkagichdan foydalanishni boshladi. Halok bo‘lganlar bor

Jahon 22:44 / 15.12.2017 15066

Isroil harbiylarining o‘t ochishi oqibatida 4 nafar falastinlik aholi vakillari halok bo‘ldi. Juma kuni Isroil Mudofaa vazirligi askarlari gaz purkagich vositalarini ishlatishi tufayli 150 nafar falastinlik namoyishchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxona yotqizilgan.

AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Quds yuzasidan bergan bayonotidan so‘ng, shaharning sharqiy qismida yashovchi hamda egallab olingan Vest Bank hududi atrofida namoyishlar avj oldi. Namoyishchilar ko‘pi falastinlik bo‘lib, tosh va mayda ro‘zg‘or buyumlari bilan qurollanib ko‘chadagi tartibsizliklarga sababchi bo‘lmoqda.

Reuters'ning yozishicha, Isroil harbiylari zamonaviy qurol-yarog‘ vositalaridan ishlatishni boshlagan. Asosiy kuchlarini G‘azo sektoriga o‘zgartirayotgan XAMAS guruhi a'zolari uchinchi intifada harakatini boshlashini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: