Fransiyada avtobus va poyezdning to‘qnashishi oqibatida bolalar halok bo‘ldi

Jahon 07:10 / 15.12.2017 6576

Fransiyadagi Perpinyan shahri yaqinida joylashgan Milla kommunasida maktab avtobusi va TER poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 4 o‘quvchi halok bo‘ldi, kamida 20 nafari jarohat oldi.

Yo‘l-transport hodisasi temir yo‘l o‘tish joyida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida avtobus ikki qismga bo‘linib ketgan. Perpinyan prokurori Jan-Jak Fanining aytishicha, halok bo‘lgan va og‘ir jarohatlar olgan 7 nafar bolaning shaxslari hali aniqlanmagan.

Jabrlanganlardan eng kichigi 8 yosh, kattasi esa 15 yoshda. Poyezddan hech kim jabrlanmagan, biroq ba'zilarga psixologik yordam zarur bo‘lgan.

SNCF milliy temir yo‘l kompaniyasining hududiy boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv vaqtida temir yo‘l o‘tish joyi yopiq bo‘lgan.  

Biroq avtobus yo‘lovchilarining aytishicha, o‘tish joyidagi shlagbaum tushirilmagan bo‘lgan. Avtobusda ketgan 11 yoshli qizchaning buvisining aytishicha, nabirasi “barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan”.

“Qizchamning aytishicha, shlagbaum tushirilmagan bo‘lgan. Signalizatsiyaning qizil chirog‘i ham yoqiq bo‘lmagan. Avtobusning haydovchisi shlagbaumdan o‘tib, yarim yo‘lda to‘xtab qolganda, ularga poyezd kelib urilgan”, deb aytgan ayol.

Ko‘proq yangiliklar: