Yevropa Ittifoqi rivojlanishining ustuvor vazifalari belgilab olindi

Jahon 01:13 / 15.12.2017 6532

Yevropa davlatlari yetakchilari 14 dekabrda 2019 yil o‘rtasigacha – Yevroparlamentga yangi saylovlar o‘tishi kerak bo‘lgan sanagacha 2018-2019 yillarda Yevropa Ittifoqini rivojlantirishning ustuvor vazifalari haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolashdi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida ma'lum qilingan. 

Deklaratsiyada rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan: fuqarolarning xavfsizligini yaxshiroq ta'minlash, migratsiya siyosatini javobgarlik va hamjihatlik ruhida isloh qilish va rivojlantirish, ishcizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiyot va investitsiyalashning o‘sishi, Yevropa Ittifoqining ijtimoiy siyosati, yagona raqamli bozorni joriy qilish, energetik ittifoqni shakllantirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha uzoqni ko‘zlovchi siyosat, Yevropa Ittifoqi hududida qonuniy demokratiyani rivojlantirish. Shuningdek, Yevropa qadriyatlari saqlanib qolishi, moliyaviy firibgarliklar va kibertahdidlarga qarshi kurashish ham muhimligi ta'kidlab o‘tilgan.     

“Qo‘shma deklaratsiya bu bizning quruq va'dalar bermasligimizga va'damizdir. Bu bizning Yevropa oldida turgan muammolarning aniq yechimlarini izlash bo‘yicha yaqin 18 oyda jadal ishlashga sodiqligimiz belgisidir”, deb aytgan Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.

Ko‘proq yangiliklar: