Dunyoning eng boy sportchilari e'lon qilindi

Sport 20:07 / 15.12.2017 64913

Amerikaning Forbes nashri dunyoning eng boy sportchilari ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan 1,85 milliard dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu raqamlarga sportchining maoshi, bonuslar, mukofotlar va reklama shartnomalaridan olingan daromadlar kiritildi.

Qayd qilish joizki, dunyoning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu («Real») 725 million dollar daromad bilan 12-o‘rinni, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi esa 600 million dollar daromad bilan 16-o‘rinni egalladi.

Top-10 tarixdagi eng boy sportchilar:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 1,85 milliard dollar
2. Tayger Vuds (golf) – 1,7
3. Arnold Palmer (golf) – 1,4
4. Jyek Niklaus (golf) – 1,2
5. Mixael Shumaxer (Formula-1) – 1
6. Fil Mikelson (golf) – 815 million dollar
7. Kobi Brayant (basketbol) – 800
8. Devid Bekhem (futbol) – 800
9. Floyd Meyvezer – (boks) – 785
10. Shakil O'Nil (basketbol) – 735
...
12. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 725
...
16. Lionel Messi (futbol) - 600

Ko‘proq yangiliklar: