Baliqchi qush tomonidan “o‘g‘irlangan” kamera 5 oydan keyin topildi (video)

Light 18:29 / 15.12.2017 18552

Norvegiyalik 5 oy oldin baliqchi qush (chayka) tomonidan o‘g‘irlab ketilgan GoPro kamerasini topib oldi. U kamerasini bu qushlarni suratga olish uchun dala hovlisida o‘rnatgan edi.

Aniqlanishicha, kamerada baliqchi qush uni qanday qilib “o‘marib ketgani” videosi ham saqlanib qolgan. Bu haqda kamera egasi Kell Robertsen ma'lum qildi. U kamerani dala hovlisidagi uy ayvonining yog‘och panjarasiga o‘rnatib, baliqchi qushlarni jalb qilish uchun u yerga non bo‘laklarini tashlab qo‘ygan. 

Biroq baliqchi qushlardan biri non bo‘laklarini cho‘qilab bo‘lgach, kamerani tumshug‘iga olib u bilan birga uchib ketgan. Kamera norvegiyalikning uyidan bir necha yuz metr narida topilgan. Uning xotira kartasidan qushning uylar va daraxtlar uzra parvozining manzarali kadrlari qayd qilingan yozuvni olishga muvaffaq bo‘lingan. 

Videoyozuv kameraning pastga qulashi va baliqchi qushning uni cho‘qilay boshlashi bilan yakunlangan.

Ko‘proq yangiliklar: