Brexit yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar keyingi bosqichga ko‘tarildi​

Jahon 19:19 / 15.12.2017 3850

​Juma kuni Yevroittifoq hamda Buyuk Britaniya Brexit yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarni keyingi bosqichga chiqishni rejalashtirmoqda. Ammo, hanuzgacha savdo-sotiq va shu kabi moliyaviy masalalarda aniq bir to‘xtamga kelinmagan. 

Reuters'ning xabar berishicha,  Bryussel sammitining ikkinchi kunida YeI yetakchilari "sezilarli natijalarga" erishganini ta'kidlagan. E'tirof etilishicha, britaniyaliklarning fuqarolik huquqi, Irlandiya bilan o‘zaro ma'muriy chegaralar, Buyuk Britaniyaning YeI oldidagi majburiyatlariga aniqlik kiritilgan.

Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tuskning aytishicha, Brexit​ yuzasidan muzokaralar ikkinchi bosqichga ko‘tarilgan.  

"Britaniyaliklar o‘z tanlovi yo‘lida eng yaxshi jamiyatga erishishi uchun biz qo‘ldan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Shu bilan birga, Yevropa bozori va xavfsizligi haqida qayg‘urishimiz lozim. Chegara va huquqlarimiz doimo xavfsiz bo‘lishi, o‘zgalar tomonidan hurmat qilinishi kerak", deydi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: