O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ishga taklif etadi

O‘zbekiston 01:30 / 14.12.2017 60320

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xizmatchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari tanlovini ma'lum qiladi. 

Chegara bojxona posti xodimining asosiy vazifasi – respublikamiz bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan fuqarolar, xorijliklarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, ularning qo‘l yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish, qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini ta'minlash maqsadida ularni tekshirish, ko‘zdan kechirish va so‘rab-surishtirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, bojxona qonunlari buzilishi holatlari aniqlashdan iborat. 

Ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- yoshi 28 dan oshmagan o‘g‘il bolalar; 
- oliy ma'lumotli (iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, axborot texnologiyalari, bank, soliq va bojxona ishi, xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar)
- ingliz va rus tillarini yaxshi o‘zlashtirgan (erkin so‘zlasha oladigan); 
- jismonan sog‘lom (bo‘yi 170 sm. va undan baland);
- teran dunyoqarashli, O‘zbekiston va jahon tarixi va adabiyotini, jahon geografiyasini biladigan, dunyodagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlardan boxabar;
- xarakter jihatan bosiq, yuksak axloq, odob va muomala madaniyatini o‘ziga singdira olgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (harbiy kafedra, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi);
- Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska ega;
- harbiy xizmatga, normalashtirilmagan ish rejimiga ruhan va jismonan tayyor, kelgusida respublikaning turli hududlarida xizmatni davom ettirish ehtimoli shartiga tayyor bo‘lish;
- bojxona organi hamda bojxona xodimi degan nomga dog‘ tushirmaslik, xizmatni  vijdonan va halol olib borish.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan hamda dastlabki individual suhbatda ingliz va rus tillarini o‘zlashtirganlik darajasi qoniqarli deb topilgan nomzodlar quyidagi keyingi tanlov bosqichlaridan o‘tkaziladi:

- umumiy bilimlari va dunyoqarashini tekshirish maqsadida test sinovi;
- jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov;
- harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik. 
Mazkur talablarga javob beradigan va bojxona organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar har kuni soat 9.00 dan 12.00 ga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi (Toshkent shahri I.Karimov ko‘chasi 3-uy) Kadrlar bosh boshqarmasiga (tel.: 1207600 / 2216, 2207, 2208) murojaat qilishlari mumkin. 

Dastlabki suhbat tanlovi 2017 yil 1 dekabrdan 2018 yil 1 fevralga qadar o‘tkaziladi.

Shuningdek, nomzodlar quyidagi manzillar bo‘yicha ham murojaat qilishlari mumkin:
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi  Kadrlar bo‘limi (tel.: 1207676 / 3201, 3204, 3206).
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kadrlar bo‘limi (tel.: 1208610 / 4040, 4041, 4042).
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kadrlar bo‘limi (tel.: 1208630 / 4116, 4118).
Oliy harbiy bojxona instituti Kadrlar bo‘limi (tel.: 2455986, 2274656  / 4208, 4224).

Milliy kinologiya markazi Kadrlar bo‘linmasi (tel.: 2588799)

Ko‘proq yangiliklar: