Sooranbay Jeenbekov Qirg‘izistonga qaytib ketdi

O‘zbekiston 13:40 / 14.12.2017 19758

13-14 dekabr kunlarida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bugun vataniga qaytib ketdi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘ygan. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi. 

Ko‘proq yangiliklar: