Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi

O‘zbekiston 10:10 / 14.12.2017 49878

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlar ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.

Prezident joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilishni maqsad qilgan.

Hozircha tashrif sanasiga aniqlik kiritilmadi.

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagandi. Prezident yil boshida, 20-22 yanvar kunlarida Qoraqalpog‘istonda bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: