Shavkat Mirziyoyev boshqaruvining birinchi yili: yaxshi qo‘shnichilik, kadrlar almashinuvi va xalq manfaati

O‘zbekiston 20:00 / 14.12.2017 74315
Foto: Prezident matbuot xizmati

2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda Shavkat Mirziyoyev umumiy saylovchilarning 88,61 foiz ovozini to‘plab, g‘olib bo‘lgandi. Bugun, 14 dekabr kuni prezidentning inauguratsiya marosimida ishtirok etib, qasamyod qilganiga hamda o‘z lavozimiga kirishganiga bir yil to‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘tgan davr o‘zbekistonliklar va mamlakat taqdirida nimalarni o‘zgartirdi? Davlat rahbari bir yil davomida qanday ishlarni amalga oshirdi? Kun.uz bir yil davomida kuzatilgan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ichki siyosatdagi islohotlar

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida 2017 yil boshidan to shu kungacha prezident tomonidan imzolangan 963 hujjat matni e'lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning siyosiy davomchisi sifatida davlat rahbarligiga kirishgan Shavkat Mirziyoyev amalda jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlarga qo‘l urdi va bu harakatlar davom etmoqda. Eng muhim hujjat bu - 2021 yilga qadar har bir sohada rivojlantirish maqsadida Harakatlar strategiyasi, deb e'tirof etish mumkin. Qonun ustuvorligi, sud-huquq islohotlari, iqtisodiy rivojlanish, madaniy va ma'rifiy yuksalishdan tortib, turmushning eng kichik jabhalarigacha so‘z yuritilgan mazkur Strategiya orqali bir muncha ishlar bajarildi. Xususan, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash borasida «Sudyalar Oliy kengashi» tashkil etildi. Shuningdek, Ichki ishlar, prokuratura, mudofaa ishlari tizimida birmuncha o‘zgarishlarga qo‘l urilgan bo‘lib, natijada soha vakillarining faoliyati qonun bilan qayta ko‘rib chiqildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ichki siyosatda kuzatilgan eng katta voqelik shundaki, yil davomida kadrlar almashinuvi tez va kutilmaganda yuz berdi. Bunday lavozimiy o‘zgarishlarning ilk farqli jihati - mansabga tayinlangan shaxslarning yoshi 40-45 dan oshmaydi, muhim lavozimlarga kuchli malaka va bilimga ega kadrlar tayinlana boshlandi. Prezident tomonidan olib borilgan noodatiy harakatlar tayinlovlarning natija uchun amalga oshirilganidan dalolat beradi. Negaki, Sog‘liqni saqlash sobiq vaziri Adham Ikromov egallab turgan vazifasidan bo‘shatilib, Savdo-sanoat palatasiga rais etib saylandi. Shuningdek, Moliya sobiq vaziri Rustam Azimov ham quyi tashkilotga rahbar etib tayinlandi. Misollardan anglash mumkinki, tizimda o‘zgarish yuz berishi bilan «eski» rahbarning xizmatlaridan to‘liq voz kechilmadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Yana bir e'tiborli vaziyat, O‘zbekistonda yoshlarning manfaatlarni himoya qilish va ularni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yetkazib berishdek vazifani prezident o‘z harakatlari misolida ko‘rsatib berdi. Endigina institutni tamomlagan Alisher Sa'dullayev Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari, yosh ixtirochi Olimjon To‘ychiyev esa Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu bilan bir vaqtda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkilotini tuzish taklifi ham ma'qullandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yozilmagan qoida va tartiblar asosida yashab kelayotgan odatlarga barham berishni ta'kidlagan Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, 16 mingdan ziyod kishi huquqni muhofaza qilish organlari «qora ro‘yxati»dan chiqarilgan,

Iqtisodiyotdagi «katta burilish»

Respublika bo‘ylab ko‘pgina erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tashabbusi kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Sezilarli ijobiy o‘zgarish erkin valuta konvertatsiyaga qadam qo‘yilishi bilan yuz berdi. Shuningdek, ayrim tovar va mahsulotlarni eksport hamda import qilishda davlat boji, aksiz narxlar ancha pasaytirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari bilan Rossiya, Xitoy, AQSh va Janubiy Koreyada yirik qiymatdagi iqtisodiy, savdo shartnomalari imzolandi.

Xorijiy sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilib, hattoki, Investitsiya kodeksi ishlab chiqilmoqda. Sayyohlik tarmoqlarini yanada yaxshilash maqsadida Buxoro shahrida yirik loyiha ishga tushirilgan bo‘lsa, ziyorat-turizmini rivojlantirish uchun joylarda infratuzilmalar kuchaytirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini himoyalash bo‘yicha rejalashtirilmagan tekshiruvlar taqiqlandi. Parlament qonun negizida biznes-ombudsman instituti tashkil etildi, nufuzli moliyaviy tashkilotlarning O‘zbekistonga qiziqishi orta boshladi. Markaziy Bank ilk marta mamlakat oltin zaxirasini e'lon qilib, kelgusi yildan boshlab shaffof ko‘rinishda yillik hisobot va rejalarini e'lon qilib borishini ma'lum qildi.

Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari - O‘zbekiston tashqi siyosatini yaratmoqda

Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatga to‘g‘ri baho bergan Shavkat Mirziyoyev ilk rasmiy tashrifini ham aynan qo‘shni mamlakatlarga uyushtirdi. Shu vaqt oralig‘ida Qirg‘iziston va Tojikiston bilan munosabatlarda paydo bo‘lgan sovuqlikni eritgan prezident qo‘shnilar bilan har sohada hamkorlikni rivojlantirish mumkinligini isbotlab berdi. Birgina misolda: Qozog‘iston, Turkmaniston bilan chegaraviy masalalarga nuqta qo‘yildi, qolaversa, Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li masofasini qisqartirish imkonini beruvchi qozoq magistral yo‘lidan foydalanishga erishildi. Qirg‘iziston bilan suv omborlari va chegara masalalarida muzokaralar olib borilayotgan bir paytda, qirg‘iz hukumati to‘rtta dam olish pansionatini O‘zbekistonga berishni taklif qilmoqda. Tojikiston prezidenti va O‘zbekiston rahbarining birga qo‘l ushlashib tushgan surati, Turkmaniston prezidenti bilan kechki sayr va shu kabi yaqinlashish alomatlari o‘tgan bir necha o‘n yilda jamoatchilik ko‘z o‘ngida kuzatilmagandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro munosabatlarda yetakchi bo‘lgan AQSh, Xitoy va Rossiya davlatlarining har biriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti ramziy ma'noda betaraf hamda mo‘'tadil siyosatni ushlab qolishiga ishora qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Garchi Stokholm, Nyu-York va Istanbul shaharlarida asli o‘zbekistonlik shaxslar tomonidan terrorchilik harakatlari amalga oshirilganiga qaramay, Shavkat Mirziyoyev ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni aniq bir me'yorda olib bormoqda, ya'ni sun'iy to‘siqlar va behuda nazoratni oshirish o‘rniga aniq chora-tadbirlarni taklif qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

BMT yuksak minbaridan turib nutq so‘zlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq masalalarga yuzlanib, yoshlar huquqini himoya qilish, islom dini haqida sof ma'lumotni yetkazish hamda mintaqaviy muammolarga to‘xtalib o‘tgandi. Shuningdek, davlat rahbari BMT shaf'yeligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo rahbarlarini yanada yaqinlashtirish maqsadida noformal sammitni tashkil etish taklifini bildirdi. O‘z o‘rnida bu taklif Qozog‘iston rasmiylari tomonidan o‘sha zahotiyoq qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, prezident tashabbusi bilan mamlakatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari, maxsus ma'ruzachisi, Human Righs Watch vakillari, Xalqaro Mehnat tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Xalqni rozi qilish - oliy maqsadga aylanmoqda

Oddiy aholi vakillari siyosiy elitaning o‘zgarishi va hukumatning faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili e'lon qilinishi bilan amaliy muloqotlar hamda innovatsion takliflar qabul qilindi. Birgina virtual va xalq qabulxonalarining tashkil etilgani aholi vakillarining hokimiyat rahbarlariga nisbatan ishonchini yanada oshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Markaziy Osiyodagi eng innovatsion prezidentlardan biri bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega, jamoatchilik suhbat qurishga ochiq va takliflarni qo‘llab-quvvatlashini bir necha marta isbotladi. Bunday o‘zgarishlar fonida O‘zbekiston ichki muhitida qolib ketayozgan OAV, media tarmoqlari bir muncha o‘zgarishi his etdi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish 

Ko‘proq yangiliklar: