Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi o‘tkaziladi 

O‘zbekiston 14:10 / 14.12.2017 4681

Samarqandda 2018 yilning noyabrida inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov OAVga xabar bergan.

Konferentsiya BMT tomonidan inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladi.

Yaqinda Human Rights Watch tashkiloti 16 nafar faolning O‘zbekiston qamoqxonalaridan ozod etilishi – respublikaning inson huquqlari sohasidagi yangi sahifasi deb atagandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston uchun 12 dekabrdan boshlab Xalqaro mehnat tashkilotining 87-sonli Konventsiyasi kuchga kirdi. U birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidadir.

Ko‘proq yangiliklar: