Saakashvili Ukrainada davlat to‘ntarishi necha pul "turishini” aytdi

Jahon 14:20 / 14.12.2017 24897

Ukraina Bosh prokuraturasidan xabar qilishlaricha, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun 210 ming dollar yetmagan. Bu haqda siyosatchining o‘zi News One kanali efirida ma'lum qildi.
 
"Ya'ni siz shuni aniqladingizki, Ukrainada davlat to‘ntarishini amalga oshirish 210 ming dollar turadimi? Siz buni bizdan yashirdingizmi? Yaxshiyamki, bu yerda kameralar bor, - balki, odamlar pul yig‘ib berishar! Bu 210 ming dollarni topib berishadi", - Saakashvili shunday tarzda, uning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarga javob qaytargan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda hokimiyatni o‘zgartirish, "tariflarni kamaytirish, odamlarning mamlakatdan ketib qolmasligi, davlatning o‘zi o‘zgarishi, katta tezlik bilan rivojlanishi", aynan shuncha turganida, bu pullarni topish mumkin bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina hukumati Mixail Saakashvilini jinoiy tashkilotlar ishtirokchilariga ko‘mak ko‘rsatish va jinoyatlarni yashirishda ayblamoqda, biroq Kiyevning Pechersk tuman sudi uni hibsga olishdan bosh tortdi va ozodlikka chiqardi. “Yangi kuchlar harakati” partiyasi yetakchisi Ukrainadagi “tizimni o‘zgartirish” maqsadida hukumat bilan kurash olib borishga va'da berdi.

Avvalroq, Mixail Saakashvili bosh vazir lavozimida mamlakatda muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejasi borligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: