Saakashvili: «Bosh vazir bo‘lishni xohlayman»

Jahon 11:39 / 14.12.2017 19317

“Yangi kuchlar ruxi” partiyasi yetakchisi Mixail Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, unda bosh vazir lavozimida mamlakatda muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq reja bor.

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining aytishicha, Ukraina hukumatiga rahbarlik qilishga qarshi emas. "Yangi kuchlar harakati" partiyasi yetakchisining Ukrainadagi qator OAVga xabar berishicha, unda bosh vazir lavozimini egallab turib, Ukrainada 70 kun ichida muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirish mumkinligini isbotlab beruvchi maxsus ishlab chiqilgan strategiya bor. Shu bilan birga, siyosatchining rejasidan davlat apparati xodimlarini uchdan ikki qismga kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar ham joy olgan. Saakashvili bosh vazir lavozimini tark etganidan so‘ng esa Odessa meri lavozimni egallashni xohlamoqda.

- Agarda men muvaffaqiyatli bosh vazir bo‘lsam, keyin Odessaga borib, shu yerning meri ham bo‘lmoqchiman. Men hazillashayotganim yo‘q, bu haqiqat. Men Odessani rivojlantirishni juda istayman, - deya ta'kidlab o‘tdi Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina hukumati Mixail Saakashvilini jinoiy tashkilotlar ishtirokchilariga ko‘mak ko‘rsatish va jinoyatlarni yashirishda ayblamoqda, biroq Kiyevning Pechersk tuman sudi uni hibsga olishdan bosh tortdi va ozodlikka chiqardi. “Yangi kuchlar harakati” partiyasi yetakchisi Ukrainadagi “tizimni o‘zgartirish” maqsadida hukumat bilan kurash olib borishga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: