Moskvada o‘zbekistonlik shaxslarning yashirin bosmaxonasi topildi

Jahon 15:25 / 14.12.2017 29065

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari Moskva shahrida yashirin bosmaxonani fosh etishdi, u yerda o‘zbekistonlik shaxslar soxta hujjatlarni tayyorlashgan: migratsiya kartalaridan tortib kasallik varaqalariga qadar, deb xabar bermoqda RIA Novosti kuch tuzilmalardagi manbaga tayangan holda.

"Bugun Federal xavfsizlik xizmati va IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi qo‘shma reydlar davomida radikal kayfiyatdagi shaxslar tomonidan tashkil etilgan maxfiy bosmaxonani aniqladi. U yerda barcha narsa: migratsiya kartalaridan tortib ishlash uchun patentlargacha, diplomlar, kasallik varaqalari, talabalik guvohnomalari va shunga o‘xshash narsalar tayyorlab kelingan", - deya aytib o‘tdi manba.

Foto: RIA "Novosti"

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya “Soxta aksiz markalarini tayyorlash va o‘tkazish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu borada boshqa tafsilotlar hozircha ochiqlanmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: