Liviyadagi 15 ming muhojirni vatanlariga qaytarish rejalashtirilmoqda

Jahon 19:57 / 14.12.2017 2632

Yevropa Ittifoqi, Afrika ittifoqi va BMTning qo‘shma ishchi guruhi Liviyadan Yevropaga  muhojirlar oqimini kamaytirish uchun 2018 yil fevraligacha bu davlatdan 15 ming muhojirni vatanlariga qaytarmoqchi. Bu haqda 14 dekabrda Bryusselda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini guruhning birinchi yig‘ilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanda ma'lum qildi. 

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, hozir Liviyada Yevropaga yetib olish imkonini izlayotgan, Afrikadan 350 mingdan 450 minggacha muhojir bor.      

“Biz 2018 yil fevraligacha 15 ming muhojirga uylariga qaytishga yordam berish majburiyatini o‘z zimmamizga oldik. Joriy yilda biz 16 ming muhojirga uylariga qaytishga yordam berdik”, deb aytgan Mogerini. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi bu maqsadda 100 mln yevroga yaqin mablag‘ ajratadi.

“Biz odam tashuvchilar bilan jadal kurashni davom ettirishimiz kerak. Ulardan yuzlablari sudlovga topshirilgan. Biz shuningdek YeI davlatlarida xalqaro himoyaga muhtojlarni qabul qilish uchun halol va ochiq qayd qilish tizimini yaratishimiz kerak”, deb qo‘shicha qilgan Mogerini. 

Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Margaritis Sxinasning ma'lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari ikki yil ichida kvota bo‘yicha belgilangan 160 ming kishi o‘rniga bor-yo‘g‘i 32 ming kishini qabul qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: