Kanadada yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi

Jahon 09:18 / 14.12.2017 18319

Kanadaning Saskachevan shimoliy viloyatida joylashgan Fond-dyu-Lak shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda West Wind Aviation aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti falokatga uchradi. Bu haqda CBC telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 22 nafar yo‘lovchi va ekipajning uch a'zosi bo‘lgan.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa samolyot parvozga ko‘tarilganidan so‘ng uncha ko‘p vaqt o‘tmay sodir bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlaridan ma'lum qilishlaricha, ro‘y bergan voqea tufayli halok bo‘lganlar yo‘q, biroq bir necha kishi jarohat oldi. Jarohatlar qanchalik jiddiy ekani esa ochiqlanmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: