Isroil G‘azo sektori bilan chegarani yopmoqda

Jahon 08:08 / 14.12.2017 13796

Isroil Falastin bilan vaziyatning keskinlashishi fonida payshanba, 14 dekabr kuni G‘azo sektori bilan chegarani yopishga qaror qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

«Xavfsizlikka aloqador bo‘lgan hodisalar, hamda tezkor holatni tahlil etishdan kelib chiqqan natija tufayli, «Kerem-Shalom» tovarlarni o‘tkazish punkti va «Erez» piyodalar o‘tish nuqtasi ertaga (payshanba kuni) yopiladi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos Isroil bilan imzolangan barcha shartnomalardan voz kechishga va'da bergandi.

Falastin va Isroil o‘rtasidagi vaziyatning navbatdagi marta keskinlashishi AQSh prezidenti Donald Trampning yahudiylar davlati poytaxtini Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirish haqidagi bayonotidan so‘ng yuz berdi.

Ko‘proq yangiliklar: