«IShIDga yollagan». Peterburgda o‘shlik Obid Abduraimov 5 yilga qamaldi

Jahon 16:49 / 14.12.2017 13170

Moskva okrug harbiy sudi Sankt-Peterburgda IShID terrorchilik guruhiga odamlarni yollagan shaxsni besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan Obid Abduraimov o‘z aybini tan olgani aytilmoqda.

«Abduraimov Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilsin, hamda unga umumiy tartibli koloniyada besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilansin», - deya hukmni e'lon qilgan sudya.

Avvalroq Peterburgda IShIDga odamlarni yollagan ikki shaxs 6 va 6,5 yilga qamalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: