Xitoydagi shahar kuzatuv tizimi sinaldi, qoidabuzar 7 daqiqada aniqlandi

Jahon 23:20 / 14.12.2017 4563

Pekindagi BBC muxbiri Jon Sadvort "dunyodagi eng katta videokuzatish tizimi" — CCTV'ni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. U Guyyan shahar okrugida kameralardan yashirinishga urindi, biroq politsiyachilar uning joylashuvini bir necha daqiqada aniqlashdi. 

Sadvortni barcha ma'lumotlar ulkan ekranlarga chiqariluvchi boshqaruv xonasiga kiritishdi. Bazada Guyyanda yashovchi barcha aholining suratlari mavjud: tizim "eslab qolishi" uchun muxbirni ham suratga olishdi. CCTV'ning 170 million kamerasining muayyan qismi yuzdan tanish, shuningdek jins, yosh va bo‘yni aniqlash funksiyasiga ega. 2020 yilga borib, kameralar sonini 400 milliongacha oshirish rejalashtirilmoqda. 

Jurnalist kuzatuvdan vokzalda yashirinishga urindi, biroq bu yordam bermadi. Tizim Sadvortning yuzini kiraverishda suratga olib, suratni taqqosladi va tegishli joydagi politsiyachilarni ogohlantirdi. Jurnalist tajribasiga taxminan 7 daqiqagina ketdi. 

Xitoylik politsiyachilar "yordam kerak bo‘lmagan" oddiy odamlar ma'lumotlaridan foydalanilmasligini ta'kidlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tizim jinoyatlarning oldini olish uchun zarur — boshqa sabablar bo‘yicha fuqarolar xavotir olishmasa ham bo‘ladi. Biroq Sadvort kameralar yordamidagi bunday tarmoq erkinlik va maxfiylikka qanday ta'sir qilishi borasida o‘ylanib qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: