Xitoyda mamlakatdagi ilk kiberxavfsizlik sanoat parki ochiladi

Jahon 19:50 / 14.12.2017 3637

XXR hukumati mamlakat poytaxtida kiberxavfsizlik bo‘yicha birinchi milliy sanoat parki yaratilishi haqida e'lon qildi. "Sinxua" agentligining xabar berishicha, ushbu muhim chora natijasida Xitoyda umummilliy xavfsizlikni ta'minlashda shaxsiy ma'lumot himoyasi va axborot maydoni nazorati kuchaytiriladi.

XXR vakolatli davlat organlari mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, eng yangi markazning ishga tushirilishiga mamlakatning barcha yirik kompaniyalari katta qiziqish bildirmoqda. 2020 yilga borib, obekt poytaxt bozorining tarmoq xavfsizligini ta'minlovchi ishlanmalarining 100 milliard yuanga (15 milliard dollardan ortiq) oshishiga olib keladi. Majmua hududida kamida uch yangi sanoat  korxonasi faoliyat yuritadi - har biri yillik 10 milliard yuandan ortiq (1,5 milliard dollardan ortiq) daromad bilan. 

Park XXR sanoat va axborotlashtirish vazirligi va Pekin xalq hukumati sa'y-harakatlari hamkorligida yaratilmoqda. 

Park faoliyatini yo‘lga qo‘yish Xitoy hukumati tomonidan bu yo‘nalishda qilinayotgan yagona chora emas. Iyul oyida XXRda kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi milliy qonun kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: