Floridada yuk mashinasi maktab avtobusiga to‘qnashib ketdi

Jahon 10:09 / 14.12.2017 4736

Amerikaning Florida shtatida yuk mashinasining maktab avtobusiga to‘qnashib ketishi oqibatida 22 kishi jabrlandi. Bu haqda ABC telekanali yo‘l-politsiyasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Qayd etilishicha, jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Maktab o‘quvchilarining ikki nafari og‘ir jarohatlar olgan, qolganlar tibbiy ko‘rikdan so‘ng uylariga javob berilgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, avtofalokat vaqtida avtobus ichida 39 o‘quvchi bo‘lgan. 

Telekanal xabariga ko‘ra, avtobus maktab o‘quvchilari uchun to‘xtagan vaqtda uning ortida kelayotgan yuk mashinasi haydovchisi avtobusning to‘xtaganini sezmay qolgan va unga kelib urilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: