Falastin Isroil bilan kelishilgan bitimlardan bosh tortish bilan tahdid qilmoqda

Jahon 01:21 / 14.12.2017 9586

Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos shu vaqtgacha Isroil bilan kelishilgan barcha bitim va shartnomalardan voz kechishni va'da qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

«Biz va Isroil o‘rtasida Osloda bitimlar tuzilgan edi, agar vaziyat o‘zgarmasa biz bu bitimlardan voz kechamiz», — dedi Abbos.

Bu haqida u bugun Istanbulda o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining favquloddagi sammitida ma'lum qilgan.

Oslo bitimi isroil-falastin mojarosini tartibga solish maqsadida Norvegiya shafeligi ostida Isroil va Falastin ozodligi tashkiloti (FOT) o‘rtasida tuzilgan edi.

Dastlabki bitim Shimon Peres va Mahsud Abbos tomonidan 1993 yilning 23 avgustida Osloda maxfiy ravishda tuzilgan.

1993 yilning 9 sentabrida bitimlar oshkora imzolanishi avvalida Ishoq Robin va Yosir Arofat o‘zaro bir-birini tan olishini bildirib, Norvegiya tashqi ishlar vaziri Yohan Yorgen Holst orqali maktub almashishgan.

Yosir Arofat Isroil bosh vaziri Ishoq Robinga yo‘llagan xatda FOT nomidan quyidagi prinsiplarni ilk marta bayon qilgan:

- Isroilning tinchlik va barqarorlikda mavjud bo‘lish huquqini tan olish;

- BMT Xavfsizlik Kengashining №242 va №338-sonli rezolyutsiyalarini tan olish;

- Mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyati;

- Terrorchilik va zo‘ravonlikning boshqa usullaridan voz kechish;

- Bu majburiyatlarni amalga oshirish uchun mas'uliyatni FOTning barcha unsurlari va tuzilmalari tomonidan zimmaga olinishi;

- Falastin xartiyasidagi Isroilning mavjud bo‘lish huquqini tan olmaydigan punktlarni haqiqiy emas deb e'lon qilish;

- Falastin xartiyasiga kerakli o‘zgartirishlarni Falastin Milliy Kengashi muhokamasiga qo‘yish majburiyati.

Bu xatga javob Isroil sulh to‘g‘risidagi muzokaralarda FOTni Falastin xalqi vakili sifatida tan olishi bo‘lgan.

Foto: Wikipedia
Ishoq Robin, Bill Klinton va Yosir Arofat. 1993 yil 13 sentabr. Vashington

1993 yilning 13 sentabrida Oq uy ko‘klami ustida AQSh prezidenti Bill Klinton, Isroil bosh vaziri Ishoq Robin va FOT raisi Yosir Arofat qatnashgan tantanali marosimda Isroil va FOT prinsiplar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolashadi. Hujjatning o‘zi FOT tomonidan Mahmud Abbos va Isroil hukumatidan Shimon Peres tomonidan imzolanadi. Deklaratsiya AQSh davlat kotibi Uorren Kristofer va Rossiya Federatsiya tashqi ishlar vaziri Andrey Kozirev guvohligida rasmiylashtiriladi. Hujjat imzolangach, Arofat va Robin o‘rtasida tarixiy qo‘l siqishish bo‘lib o‘tadi.

Deklaratsiyaga ko‘ra Falastin o‘zini-o‘zi boshqarish organlari haqida tomonlar o‘rtasida asosiy oraliq bitim parametrlaridan iborat edi: G‘azo sektori va Ariho anklavida Falastin muxtoriyatining o‘rnatilishi va uning tez orada Yahudiya va Samariya bo‘lgalaridagi aholiga nisbatan ham joriy etilishini, Falastin hukumati tuzilishi va qonunchilik kengashiga saylovlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan edi. Deklaratsiya asosiy diqqatni Isroil va FOT o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: