YeI davlat va hukumat rahbarlarining sammitida nimalar muhokama qilinadi?

Jahon 09:46 / 14.12.2017 4098

YeI ma'muriy markazi Bryussel shahri 14-15 dekabr kunlari YeI davlat va hukumat rahbarlarining ikkita sammitiga mezbonlik qiladi. Birinchi uchrashuv YeI tarkibidan chiqayotgan Buyuk Britaniya ishtirokisiz bo‘lib o‘tadi. U hamjamiyatning joriy muammolariga bag‘ishlanadi. Kun tartibida muhojirlik masalalari, NATO bilan harbiy tuzilmaviy hamkorlik dasturini rivojlantirish mavzusi muhokama etiladi. 

Bundan tashqari tashqi siyosat muammolari, xususan GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Donbassdagi vaziyat bo‘yicha hisoboti tinglanadi. Shu asosda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar uzaytiriladi. 

Ushbu anjumanda AQShning o‘z elchixonasini Qudsga ko‘chirish qaroridan so‘ng Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuvi hamda KXDR atrofidagi vaziyat ham muhokama qilinadi. YeI yetakchilari, shuningdek iqtisodiy masalalar, shu jumladan yevro hududini kuchaytirish va uni boshqarish mexanizmlari, Yevropa valyuta jamg‘armasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Ikkinchi sammitda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham ishtirok etadi va u butunlay Birlashgan Qirollikning YeI tarkibidan chiqishi (Brexit)ga bag‘ishlanadi. Davlat rahbarlari muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlanganini tasdiqlashlari va ikkinchi bosqich boshlanishiga ruxsat berishlari kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: