Britaniyada yuragi tanasidan tashqarida joylashgan qizcha dunyoga keldi (video)  

Jahon 07:37 / 14.12.2017 22823

Britaniyaning Buluell shahrida kamdan-kam uchraydigan tug‘ma nuqson – yurak ektopiyasiga ega bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi. Bu nuqsonda yurak ko‘krak qafasidan tashqarida joylashgan bo‘ladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Shifokorlar qizaloq bunday nuqson bilan tug‘ilishini homiladorlikning 9-haftasidayoq aniqlashgan. Ular bolaning yashab ketishiga imkoniyatlar juda ozligini ma'lum qilishgan: bunday nuqsonga ega chaqaloqlar yo o‘lik tug‘iladilar, yo hayotlarining ilk kunlaridayoq nobud bo‘ladilar. Mutaxassislar qizchaning ota-onasiga abort qilishni tavsiya qilishgan, biroq ular bunga rozi bo‘lmaganlar.

Qizcha tirik tug‘ildi va u tug‘ilishi bilanoq unga uchta operatsiya qilindi. Bu operatsiyalarda 50 dan ko‘proq shifokor ishtirok etdi. Jarrohlar yangi ko‘krak qafasi shakllantirib, qizchaning yuragini uning ichiga joylashdi. Ta'kidlanishicha, buning evaziga qizcha bunday nuqson bilan tug‘ilib, yashab keta olgan Britaniyadagi ilk odam bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: