9 ming. Myanmadagi rohingya musulmonlari bo‘yicha dahshatli raqam aytildi

Jahon 11:40 / 14.12.2017 30172

Myanmada 25 avgustdan 24 sentabrga qadar kamida 9 ming rohingya musulmonlari halok bo‘ldi. Bu haqda “Chegarasiz shifokorlar” (Médecins Sans Frontières, MSF) xalqaro tashkiloti o‘tkazilgan tadqiqotlar yakuni bo‘yicha xabar berdi.

"MSF tomonidan Bangladeshdagi qochqinlarga mo‘ljallangan lagerlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Myanmaning Rakxayn shtatida 25 avgustdan 24 sentabrga qadar kamida 9 ming rohingya musulmonlari halok bo‘ldi. O‘lim holatlarining qariyb 71,7 foizi zo‘ravonlik natijasida ro‘y bergan, kamida 6,7 ming rohingya o‘ldirildi, ular orasida besh yoshdan kichik 730 nafar bola ham bor", - deyiladi tashkilot saytida e'lon qilingan xabarda.

 

Ko‘proq yangiliklar: