6 yoshli bolakay YouTube orqali 11 mln dollar ishlab topdi

Jahon 08:20 / 14.12.2017 44651

6 yoshli Rayan ismli bolakayning YouTube-kanaliga 10 mln foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Bolakayning bunday ko‘p obunachilarga ega bo‘lishining siri u bolalar o‘yinchoqlarini sinovdan o‘tkazadi.

Rayanning bu sinovlarini uning ota-onasi suratga oladi. Ular farzandlariga 2015 yil mart oyida Ryan ToysReview nomli videokanal ochib berishgan. 

Bolakayning kanali tezda ommalashib ketgan. Bu kanal mavjud bo‘lgandan beri unda joylangan videolar umumiy hisobda 16 mlrddan ko‘proq namoyish yiqqan.

Yaqinda Forbes dunyoning eng katta haq oluvchi blogerlari ro‘yxatini chop etdi. Bu ro‘yxatga oxirgi bir yil ichida 11 mln dollar ishlab topgan Rayan ham kiritildi. Bunday muvaffaqiyatdan keyin bolaning onasi maktabdagi ishini tashlab, bor e'tiborini o‘g‘li ishtirokidagi videokontentni yaratishga qaratgan.  

“Men maktabdagi ishimni tashlab, videoni suratga olish va montaj qilishga to‘liq berilib ketdim”, deb aytgan bolaning onasi. 

Ko‘proq yangiliklar: