Jeenbekov O‘zbekiston bilan yana bir bitimni ma'qulladi

O‘zbekiston 14:00 / 13.12.2017 12468

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida umumta'lim maktabini qurish to‘g‘risida 2017 yilning 28 iyul kuni Bishkek shahrida imzolangan Bitim ratifikatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan. 

Qonun Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘u Keneshi tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilingan.

Bitim bilan O‘sh shahrida 630 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan umumta'lim maktabini O‘zbekiston tomoni mablag‘lari hisobidan qurish va obektni Qirg‘iziston tomoni egalik huquqiga beg‘araz asosda topshirish nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, qonun o‘n kun o‘tib kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: