O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarini demarkatsiya qilish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston 11:40 / 13.12.2017 8770

2017 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekistonga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jyeenbekovning rasmiy tashrifi arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining to‘rt kunlik uchrashuvi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv doirasida 2017 yilning 5 sentabridagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kirmagan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom etdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida imzolangandi.

Ko‘proq yangiliklar: