Rossiya migrantlar sonini kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda QKlar ochishi mumkin

O‘zbekiston 17:25 / 13.12.2017 31943

Rossiya kompaniyalariga ishlab chiqarishni arzonlashtirish va Rossiya Federatsiyasiga migrantlar sonini qisqartirish uchun O‘zbekiston, Tojikiston hamda MDHning boshqa davlatlarida qo‘shma korxonalar ochishi qo‘l kelgan bo‘lardi. Xabar qilinishicha, Rossiya Federatsiya Kengashining Xalqaro qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Vladimir Djabarov shunday fikrni bildirgan.

Xususan, Djabarovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda, shuningdek MDHning boshqa mamlakatlarida ishchi kuchi ko‘p hamda bu barchaga ma'lum. Shuning uchun aynan o‘sha yerda qo‘shma korxonalarning bir qismini ochish to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lardi.

Rossiyalik deputat Janubiy Koreyaning Daewoo Nexia avtomobil zavodini misol tariqasida keltirgan, u O‘zbekiston hududida ochilgandir. Deputatning ta'kidlashicha, Rossiya ham shunday qilishi va O‘zbekistonda «Lada» markali avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin edi.

«Bunday korxonalar ishi juda katta salohiyatga ega. O‘rta Osiyodan bo‘lgan migrantlarning aksariyati, ular qanchalik harakat qilishmasin, Rossiyada o‘zlariga yuqori va hattoki normal hayot darajasini ta'minlay olmaydilar, ular oilalari, uylaridan chetda ishlab yurishibdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Djabarov.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari uchun Rossiya bilan qo‘shma korxonalarni tashkil etish – bu o‘z fuqarolarini vatanlarida ishga joylashtirish, ishlab chiqarishni hamda mahsulotlarni arzonlashtirish imkoniyatidir.

Ko‘proq yangiliklar: