«Oramizda hech qanday chegara bo‘lishi kerak emas» - Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston 18:10 / 13.12.2017 39253

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooranbay Jeenbekov kutib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekovni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi. 

«Qirg‘iziston Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O‘zbekiston zaminidan boshlaganingizni yuqori baholaymiz. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga sadoqatingiz ifodasi deb qabul qilamiz. 

Qirg‘iziston – bizning yaqin qo‘shnimiz. Shuning uchun bizning oramizda hech qanday chegara bo‘lishi kerak emas.

Biz bir-birimizga qalbimizni, bag‘rimizni ochdik. Shu bois bugun qanday masala bo‘lsa, yechilishi lozim», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: