«Latsio» Italiya chempionatini boykot qilmoqchi

Sport 09:00 / 13.12.2017 7401

«Latsio» klubi A Seriyadan o‘rin olgan «Torino»ga (1:3) qarshi o‘yindagi mojarodan so‘ng, Italiya chempionatini tark etish haqida o‘ylamoqda.

Premium Sport xabariga ko‘ra, klub prezidenti Klaudio Lotito jamoasining siyosiy o‘yin qurboni bo‘layotgani va tashqi kuchlar uni kuchli to‘rtlikka kirishiga qarshilik qilayotganiga ishonchi komil.

«Torino»ga qarshi o‘yinda, Yago Falke o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynaganida, bosh hakam «Latsio» foydasiga penalti belgilamagan edi. Bundan tashqari, yetakchi hujumchi Chiro Immobile raqib himoyachisi Nikolas Burdisso bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng, bosh hakam takroriy videolavhani tomosha qilib, uni maydondan chetlatgandi.

O‘yindan so‘ng, «Latsio» bosh murabbiyi Simone Indzagi qatorasiga to‘rt o‘yindan beri hakamlar uning jamoasiga qarshi ishlayotganidan noligan edi. Yarimhimoyachi Luis Alberto esa, «Latsio»ning kuchli to‘rtlikka kirayotgani kimlargadir yoqmayotganini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: