Google dunyodagi eng mashhur film va seriallarni ma'lum qildi

Jamiyat 17:40 / 13.12.2017 26507

Google kompaniyasi o‘zining xabarida 2017 yildagi eng mashhur filmlar va seriallar nomini ma'lum qildi.

Filmlar reytingida birinchi o‘rinni «U» xorrori egallab turibdi, ikkinchi pog‘onada - «Mo‘'jiza-ayol» fantastik kartinasi.

«U»
Foto: IMDB

Keyingi o‘rinlardan Disney studiyasining «Sohibjamol va maxluq», Rosomaxa haqidagi «Logan» filmi va DC Comics superqahramonlari haqidagi «Adolat ligasi» kartinalari joy egalladi.

Teleshoular reytingida birinchi o‘rinni «Juda g‘alati ishlar» qo‘lga kiritdi.

«Taxtlar o‘yini»
Foto: IMDB

Kuchli beshlikdan «Nima ekaniga 13 sabab» seriali, «Katta aka» realiti-shousining brazilcha versiyasi, «Taxtlar o‘yini» hamda «Temir musht» seriallari joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: