Germaniya chempionati. «Borussiya»da g‘alaba va «Borussiya»da mag‘lubiyat

Sport 09:20 / 13.12.2017 5557

12 dekabr kuni Germaniya chempionatining 16-turi doirasida 4 uchrashuv o‘tkazildi. 

Dormundning «Borussiya» klubi safarda «Maynts»ni yengdi (2:0). O‘yindagi gollarga Sokratis Papastatopulos va Sindzi Kagava muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, «Borussiya» yangi murabbiy Peter Shtyoger boshchiligidagi ilk o‘yindayoq g‘alaba qozondi va Germaniya chempionatida 8 uchrashuvdan iborat bo‘lgan g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Bu g‘alaba «Borussiya» uchun 30 sentabrdan buyon ilk g‘alaba bo‘ldi. Bu g‘alaba evaziga dortmundliklar turnir jadvalida sakkizinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Shteger o‘tgan haftada Peter Bos o‘rniga mavsum oxiriga qadar «Borussiya» murabbiyi etib tayinlangandi.

«Volfsburg» va «RB Leyptsig» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi. Volfsburgdagi «Folksvagen-Arena» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yinning 15-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Paul Verxag penaltini aniq amalga oshirib, «bo‘rilar»ni oldinga boshlagandi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida Martsel Halstenberg hisobni tenglashtirdi.

«Volfsburg» bu natijadan keyin 19 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 11-pog‘onada. «RB Leyptsig» 28 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Hamburg» «Ayntraxt»ga yutqazdi (1:2), «Frayburg» Myonxengladbaxning «Borussiya»sini mag‘lub etdi (1:0).

Germaniya chempionati
16-tur
Maynts – Borussiya D 0:2 
(0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 55 Papastatopulos, 0:2 – 89 Kagava.
Maynts – Tsentner, Balogun, Gbamen (Xak, 46), Diallo, Fray, Donati (Maksim, 64), Brosinski, Serdar, Lattsa, Kvayson (Xoltmann, 76), Berggren.
Borussiya D – Byurki, Tolyan, Papastatopulos, Toprak, Shmeltser, Kagava, Vaygl, Gerreyru (Shaxin, 90), Yarmolenko, Obameyang, Pulishich (Daud, 70).

Frayburg – Borussiya M 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 20, penalti Petersen.
Frayburg – Shvolov, Shtentsel, Kox, Seyundjyu, Gyunter, Rave, Xaberer, Xefler, Terratsino (Serro, 90), Petersen (Stanko, 78), Klyayndinst (Kat, 83).
Borussiya M – Zommer, Oksford, Ginter, Vestergor, Vendt, Azar (Kyuizans, 60), Kramer (Bobadilya, 76), Zakariya, Grifo, Shtindl, Drmich (Raffael, 60).
Ogohlantirishlar: Zakariya (63), Kyuizans (71).

Volfsburg – RB Leyptsig 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 15, penalti Verxag, 1:1 – 52 Xalstenberg.
Volfsburg – Kastels, Verxag, Uduoxay, Bruks, Villiam, Gilavogi, Arnold, Gerxardt, Didavi (Osimxen, 89), Malli, Gomes (Origi, 67).
RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann (Laymer, 82), Konate, Upamekano, Xalstenberg, Ilzanker, Keyta, Kampl (Kayzer, 89), Bruma (Demme, 79), Poulsen, Verner.
Ogohlantirishlar: Gilavogi (30), Upamekano (58), Ilzanker (60), Didavi (65), Xalstenberg (90).
Chetlatish: Upamekano (90).

Hamburg – Ayntraxt F 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Papadopulos, 1:1 – 16 Volf, 1:2 – 24 Gachinovich.
Hamburg – Mateniya, Dikmayyer, Papadopulos, Mavray (Shipplok, 83), Duglas Santos, Yung, Uolas (Ekdal, 36), Xunt, Valdshmidt (Ito, 67), Kostich, Arp.
Ayntraxt F – Gradetski, Russ, Abraam (Salsedo, 8), Falett, Fernandes, Chendler, Tavatxa, Volf, Gachinovich (Barkok, 46), Yovich (Boateng, 62), Rebich.
Ogohlantirishlar: Falett (42), Boateng (75), Gradetski (89), Volf (90).

16-tur doirasidagi seshanba kungi uchrashuvlar

Ayni vaqtda Bundesliga turnir jadvali

Ko‘proq yangiliklar: