Fotoreportaj: Surxondaryo manzaralari - KUN.UZ murojaatlar asosida yana safarga chiqdi

O‘zbekiston 22:50 / 13.12.2017 61664

KUN.UZ tahririyatining ijodiy jamoasi 9-12 dekabr kunlarida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, shuningdek, Denov, Muzrabot, Sho‘rchi va Sherobod tumanlarida bo‘ldi. Ushbu safar davomida aholi tomonidan tahririyatimizga yo‘llangan murojaatlar o‘rganildi.

Safar davomida mazkur tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan suhbat qurildi, samimiy va mehnatkash bu odamlarning dardi tinglandi, quvonchlari baham ko‘rildi. Qolaversa, mazkur tumanlarning tabiati ham o‘z manzarasi bilan o‘ziga mahliyo etdi.

Yaqin kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat va mazkur safar reportajlari taqdim etiladi.

Quyida esa Surxondaryo manzaralari aks etgan fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin.

 

O‘xshash xabarlar: Fotoreportaj: Nurota manzaralari - KUN.UZ murojaatlar asosida navbatdagi safarga chiqdi 

O‘xshash xabarlar: Fotoreportaj: Bo‘ka va Bekobod manzaralari - KUN.UZ murojaatlar asosida navbatdagi ijodiy safarda bo‘ldi

Ko‘proq yangiliklar: