Bozordagi haydalgan avtoulovlar «yarqirashi»ning siri nimada?

Fan-texnika 11:50 / 13.12.2017 85260

Mashinalarning oldi-sotdisi qaynaydigan nuqta – bu Sergeli bozori ekanligi hech birimizga sir emas. U yerdagi bir-biridan yangi, ko‘zni quvnatuvchi avtoulovlarni ko‘rib, ularning hatto haydalgan ekanligiga ham ishongingiz kelmaydi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima sababdan avtoulovlarning saloni va kuzovi ideal darajada toza bo‘lib, yaraqlab turadi? Qanday qilib, sakkiz yil va undan ortiq muddat davomida foydalanilgan avtoulovlar huddi zavoddan endigina ishlab chiqarilgan “temir toychoq”dek ko‘rinadi?

Buning sababi nimada?

Chunki avtoulovlarning ko‘pchiligi bozorda sotuvga qo‘yilishdan avval maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Haydalgan avtoulovlar jozibali, xaridorgir qilish uchun avtodilerlar bor mahoratini ishga solib, uning tashqi ko‘rinishiga yanada jilo berishga harakat qilishadi. Bu esa oson emas, albatta! Boz ustiga bunday harakat ko‘p vaqt, yugur-yugur hamda yaxshigina xarajat ham talab qiladi.

Quyida avtoulovlarni sotishga tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlar sarhisobi keltirilgan. Siz mazkur jadval orqali avtodilerlik xizmati mashina egasiga qanchaga tushishi haqida to‘liqroq ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Avtoulov savdosi oson ish emas. Sergeli bozorida raqobat katta bo‘lib, ayrim avtoulovlar ko‘p hollarda ko‘pincha o‘z egasini topolmay, bir chekkada qolib ketadi. Sotuvchilar esa har safar avtoulovni bozorga olib chiqish uchun bozor pattasi va boshqa xarajatlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Shu va boshqa noqulayliklarning oldini olish hamda yaxshi xaridorni topish maqsadida avtodilerlar xizmatiga ehtiyoj seziladi.

Kichik noqulaylik

Albatta, bozordagi savdoning o‘ziga yarasha afzal jihatlari mavjud. Biroq uning bir qator kamchiliklari ham borki, u avtoulov xaridorlari va sotuvchilari uchun jiddiy noqulayliklar tug‘diradi. Birinchidan, qahraton qish va sovuq kunlarda odamlar avtoulov bozoriga borishga erinadilar. Ikkinchidan, havo haroratining keskin pasayishi ba'zan kishilar salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Uchinchidan, Sergeli  avtoulov bozori, asosan, yakshanba kuni ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, begim kunlari savdoni amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan.

Ajoyib yechim!

Endilikda esa, mazkur noqulayliklarning qulay yechimi mavjud. Bu Avtobor.uz portali bo‘lib, u kishilarning og‘irini yengil qilishda yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.

Shuningdek, barcha uchun qulay bo‘lgan Telegram’da @AvtoborBot xizmatining mavjudligi avtoulovlarni mobil izlash va e'lon joylashtirishni osongina amalga oshirish imkonini beradi. Avtobor.uz bilan avtoulovingizni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazishga hojat yo‘q. Qolaversa, siz avtoulov oldi-sotdisini amalga oshirish uchun dam olish kunini kutib o‘tirmaysiz.

Endilikda siz avtoulov savdosini istalgan yerdan, qo‘lingizdagi smartfon orqali ham amalga oshirish imkoniga egasiz. Muhimi, qimmatli vaqtingiz va naqdingizni tejaysiz. Manfaatdor mijozlarni tezroq topasiz!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: