«Hali ko‘ramiz». AQSh Qrim bo‘yicha bayonot berdi

Jahon 08:14 / 13.12.2017 31487

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Vashington «Qrim masalasiga hali qaytish» niyatida, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz Qrim masalasiga hali qaytamiz. Men bilamanki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu muzokaralar stolida muhokama etilmasligini aniq tushuntira bildi. Qaysidir pallada bo‘ladi, biroq hozirda biz Ukraina sharqida zo‘ravonlikni to‘xtatishimiz lozim. Ko‘ramiz, biz bunga yechim topa olamizmi», - deya ma'lum qildi u.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Qrim Rossiya tarkibida qolishi hamda bu mavzuni «butunlay yopilgan» deb hisoblash mumkinligini ma'lum qilgandi.

Qrimda 2014 yilning martida referendum bo‘lib o‘tdi, uning yakunlariga ko‘ra yarim orol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa – federal maqomdagi shaharga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: