14 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston 18:20 / 13.12.2017 21866

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, cho‘l hududlarida 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: