O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi o‘tkazish punktlari rekonstruksiyasiga kirishdi

O‘zbekiston 15:00 / 12.12.2017 13005

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi o‘tkazish punktlari modernizatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga kirishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu masala ikki davlat bojxonachilari, chegarachilari va boshqa tegishli idoralari vakillari o‘rtasidagi amaliy uchrashuv davomida muhokama qilindi. O‘tkazish punktlarini, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan hududni obodonlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolandi.

Rejalarga ko‘ra, “yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi, birinchi navbatda, Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan eng muhim o‘tkazish punktlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini ancha oshirishga hamda ham jismoniy shaxslar harakatlanishiga ijobiy sharoitlar yaratish, ham tranzit yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanayotgan yuk tashuvchilarga qulaylik yaratadi.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, “xalqaro” maqomga ega bo‘lgan hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan eng katta yuklamali o‘tkazish punktlarida 2018-2019 yillar davomida chegara atrofidagi hududni rekonstruksiya qilish, kengaytirish, obodonlashtirish va mustahkamlash bo‘yicha ishlarni bajarish mo‘ljallangan. 

Manfaatdor tomonlarning ishchi guruhlari, shuningdek, “G‘isht-ko‘prik”, “Zangiota” va “Toshkent” chegara o‘tkazish punktlariga borishgan bo‘lib, u yerda tasdiqlangan reja bo‘yicha ishlarni bajarishda ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ko‘proq yangiliklar: