«Nima uchun bizda ishlamoqchisiz?» savoliga qanday javob berish kerak?

Light 22:30 / 12.12.2017 57365
Foto: Insider.pro

"Nima uchun bizning kompaniyamizda ishlamoqchisiz?". Bu savol ertami-kechmi ishga joylashayotgan har bir insonga beriladi va unga javob berishning bir necha keng tarqalgan turlari mavjud. "Boshqaruv san'ati" kitobining muallifi Kris Makgoff eng keng tarqalgan javob variantlari haqida so‘zlab berdi.

1- javob

"Bu qiyin, lekin qiziq ish. Shuni yaxshi bilamanki, sizning kompaniyangiz haqiqatda personalni o‘qitish va rivojlantirishdan manfaatdor".

Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod kompaniyani murakkab vazifalar bergani uchun ham qadrlaydi va biz uning rivojiga sarmoya kiritishimizni istaydi.

2- javob

"Kompaniyangiz ajoyib jamoa va ijobiy korporativ madaniyatga ega".

Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod uning atrofida yoqimli odamlar bo‘lishi va kompaniya o‘z korporativ muhitini saqlab qolish borasida qayg‘urishini istaydi.

3- javob

"Men kompaniyangiz o‘sayotgani va rivojlanish uchun ko‘p imkoniyatlar berayotganini ko‘rib turibman".

Men buni qanday qabul qilaman? Bu nomzod kompaniya uning shaxsiy rivojlanishiga imkoniyatlar taqdim etishini istaydi.

Bularga o‘xshash boshqa javoblar ham bor, lekin umuman olganda, har safar eshitadigan asosiy tezislarim shulardan iborat. Nomzod kompaniya haqidagi o‘z fikrini bildirib, bu ishni qo‘lga kiritsa, nimaga ega bo‘lishini izohlaydi. Biroq javobning o‘ziga xos noyob varianti ham  bor - bu men eshitishdan baxtiyor bo‘ladigan kamdan-kam holat.

4-javob (mukammal)

"Sababi oddiy: men sizning missiyangiz va qarashlaringiz bilan tanishib chiqdim. Ijtimoiy tarmoqlar, ishchi kontaktlarim va umumiy manbalar orqali siz va kompaniyangiz haqidagi ma'lumotlarni o‘rgandim. Natijada, to‘rt ta'kidni shakllantira olaman deb o‘ylayman va siz mening fikrlarimni tasdiqlashingizni xohlardim".

Foto:Fotolia

Nomzodning boshqalardan ajralib turishiga aynan shunday dastlabki tayyorgarlik yordam beradi. Xodimdan quyidagi punktlarni tushunishni namoyish etish talab etiladi:

  1. Kompaniya qanday natijalarga erishmoqchi;
  2. Bu natijalarga erishishga nima xalaqit bermoqda;
  3. Nima uchun bu ish kompaniya va shaxsan intervyuyer uchun muhim;
  4. Kompaniyaga kerakli natijalarga erishishda yordam beruvchi aniq g‘oyalar.

Nomzod shunday javob bergan taqdirda, bu insonning faqat shaxsiy foydasini ko‘zlab kelmagani ma'lum bo‘ladi. U suhbatga tayyor bo‘lib keldi va qanday foyda keltirishi mumkinligini izohlab bera oladi.

Men 4-javobni eshitganimda nomzodga quyidagi xislatlar xos ekaniga shubha qilmayman:

  • Ajoyib kommunikativ ko‘nikmalar;
  • Sa'y-harakat. Bu inson sa'y-harakat qilib, kompaniyadagi vaziyatni tushunish uchun ijodiy yondashuvni qo‘lladi;
  • Ijtimoiy tarmoqlar qanday ishlashi haqida asosiy tushunchalar;
  • Professional kontaktlar va ular bilan ishlash mahorati;
  • Biznes, uning maqsad va faoliyatini tushunish;
  • Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, kompaniyaning ehtimoliy yo‘qotishlari va muvaffaqiyatga uchragan taqdirda, kompaniya istiqbollarini anglash;
  • Kompaniya yo‘lidagi to‘siqlarni tushunish;
  • Kompaniyaga nima uchun aynan u kerakligini ishonchli izohlash mahorati.
Foto: Fotolia

Nomzodning javobi 4-strategiyaga muvofiq kelganda, odatda quyidagilar bo‘yicha pozitsiyalarimiz o‘xshash bo‘ladi:

  • Kompaniya xodimi sifatida biz biznes uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni qilamiz — hatto bu bizning istagimizdan yiroq bo‘lsa ham;
  • Kompaniya biz xohlagan tomonga o‘zgarishini kutib o‘tirmay, o‘zimiz biznes manfaatlari talabiga binoan o‘zgaramiz va harakat qilamiz;
  • Biz birinchi navbatda biznesga ishlaymiz, biznes esa - mijozga. Agar hammasi yaxshi ketsa, biznes albatta biz haqimizda qayg‘uradi.

Javobi to‘rtinchi variantga yaqin bo‘lgan nomzodlarni tanlang. Agar sizni suhbatga taklif qilishgan bo‘lsa, "Nima uchun bizda ishlamoqchisiz?" degan savolga aynan shunday javob berishga tayyorlaning. Shundan so‘ng "Sizni qanday maosh qanoatlantiradi va qachon ish boshlay olasiz?" savollariga javob berishga tayyor turing.

Ko‘proq yangiliklar: