Medvedev imzo chekdi, Rossiyada O‘zbekistonning yana bir konsulligi ochiladi

O‘zbekiston 12:10 / 12.12.2017 17722

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rostov-Donda O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligini ochish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Tegishli hujjat matni Rossiya hukumati matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

«Imzolangan farmoyish bilan Rostov-Donda O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligini ochish haqida qaror qabul qilindi», - deyiladi hujjatda qoldirilgan izohda.

Rossiya Federatsiyasi hukumatining ta'kidlashicha, ushbu qaror O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, mehnat migrantlariga konsullik xizmati ko‘rsatishda tezkorlik va sifatning oshishiga turtki beradi.

«Bu bosh konsullikning konsullik okrugiga Janubiy va Shimoliy-Kavkaz federal okruglari tarkibidagi Federatsiya sub'yektlari kiradi», - deya ta'kidlanadi farmoyishda qoldirilgan izohda.

Ko‘proq yangiliklar: