Kollej talabasini o‘qishga tiklash jarayoni qanday amalga oshiriladi?   

Jamiyat 10:35 / 12.12.2017 10722

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan o‘quvchilarning o‘qishini bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, shuningdek, ilgari o‘qishdan chetlashtirilgan o‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash, qoidaga ko‘ra, yozgi ta'til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.

O‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash uchun o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini ko‘rsatgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.

O‘quvchining, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) o‘quvchini o‘qishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

O‘quvchini boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda u oldin o‘qigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining roziligi talab etilmaydi.

O‘quvchi oldin o‘qigan tayyorlov yo‘nalishi to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh tayyorlov yo‘nalishiga o‘qishni tiklash mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: