Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonga 4 ta pansionatni qaytarish taklifi bilan chiqdi

O‘zbekiston 17:20 / 12.12.2017 52232

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonga Issiq-Ko‘ldagi 4 ta pansionatni qaytarishni taklif etmoqda. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni, Jo‘qorg‘u Keneshning iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishi davomida bosh vazir o‘rinbosari Dair Kenekeyev ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi Issiq-Ko‘l viloyati obektlari bo‘yicha bitim loyihasi deputatlarning ko‘rib chiqishi uchun taklif etilgan. 

«Bitim Issiq-Ko‘ldagi 4 ta pansionat: Bosteri, «Altin Jay «(sobiq «Rohat»), «Ene Say» («Dilorom»), «Bo‘ston»ni nazarda tutadi. Sobiq prezidentning O‘zbekistonga tashrifi davomida ushbu pansionatlar bo‘yicha kelishuv bor edi. O‘zbekiston bu masalaga yechim topish uchun arbitrajga murojaat qildi, ular egalik huquqini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda. Hukumat huquqiy asosda ko‘rib chiqilishini xohlaydi», - deya aytib o‘tdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pansionatlar joylashgan yerlar Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli bo‘lishda davom etadi, biroq mulkning o‘zi O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tishi lozim.

«Keyinchalik biz ko‘rsatmoqdamizki, O‘zbekiston rasmiylashtirishdan so‘ng pansionatlarni yil davomida ishlaydigan va ishchilarining 30 foizi Qirg‘izistondan bo‘lgan 3-4 yulduzli mehmonxonlar darajasiga yetkazishi kerak. Biz bu masalaga yechim topish bo‘yicha tegishli hujjatni imzolashni taklif etmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi u.

Deputatlarning ta'kidlashicha, bu eski bitimning o‘zi. Deputat Farhod Tulendiboyev hozirgi paytda mavjud bo‘lgan qarzlar bilan nima bo‘lishi borasida qiziqqan. 

Davlat mulklarini boshqarish bo‘yicha jamg‘arma raisining o‘rinbosari Bekbo‘lat Aliyevning aniqlik kiritishicha, qarzdorliklar mamlakat o‘rtasida emas, balki xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida bo‘lgan. Barcha masalalar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: