Dunyodagi eng qimmat kabobni o‘zbekistonlik bosh-oshpaz tayyorlashini bilasizmi? 

O‘zbekiston 12:20 / 12.12.2017 73616

O‘zbekistonlik bosh-oshpaz Bekzod Hamroqulov eng qimmat kabobni tayyorlaydi, uning narxi 1200 AQSh dollaridir. Bu haqda Myday nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bunday mazali taomni London shahrida joylashgan Hazev mashhur turk restoranida tatib ko‘rish mumkin.

Kabobni tayyorlashda Yaponiyadan keltirilgan marmar mol go‘shti, qo‘zichoq va buzoq go‘shti, fransuz pishlog‘i, qovoqcha guli, al-Quds artishogi (o‘tsimon poliz o‘simligi), 25 yil tindirilgan sirka va o‘zgacha zaytun moyidan foydalaniladi.

Foto: BuzzFeedVideo
Foto: BuzzFeedVideo

Restoranning asosiy menyusida bu taom yo‘q, biroq siz uni maxsus buyurtma asosida tayyorlab berishlarini so‘rashingiz mumkin. Buyurtma qilingan taom narxi 1200 AQSh dollarini tashkil etadi.

Foto: BuzzFeedVideo

Ko‘proq yangiliklar: